Chet el fuqarolarining ixtiyoriy ravishda Koreyadan chiqib ketishlik to’g’risidagi qo`llanma.
Koreya hududida noqonuniy holatda yashagan chet el fuqarolarning davlatdan ixtiyoriy ravishda chiqib ketishlari uchun Koreya Adliya vazirligi tomonidan quyidagi tizimlar yuritib kelinmoqda.
  • Davlatdan ixtiyoriy ravishda chiqib ketishingiz haqida xabarni Koreyaning barcha aeroportlaridagi Immigratsiya idoralariga yetkazishingiz mumkin

Noqonuniy holatda yashagan chet el fuqarolari ixtiyoriy ravishda Koreyadan chiqib ketayotganlarida quyidagi imkoniytlardan foydalanishlari mumkin.

  • Noqonuniy holatda yashagan davringiz uchun jarima to’lamaysiz.
  • Noqonuniy yashagan shaxslarga mo’ljallangan boshpanalarga majburan jo’natilmaydi va ixtiyoriy ravishda chiqib ketish imkoni beriladi.
  • Noqonuniy yashash muddatiga qarab, Koreyaga yana kirib kelishida muammo tug’ilsa, barcha imtiyoz va yengilliklar yaratib beriladi.
    • Agar imigratsiya xodimi tomonidan ushlanib yurtiga majburiy jo’natilganlarga qayta kirib kelish ruxsati 10 yigacha taqiqlanadi. Ixtiyoriy ravishda chiqib ketganlarga esa bu muddat 2 yil qilib belgilangan.
  • Chiqib ketganingizdan keyin qayta vizaga ariza topshirganingizda tekshiruv vaqtida ixtiyoriy ravishda chiqib ketganligingiz to`g`risida ma`lumot beriladi.

Ixtiyoriy ravishda chiqib ketishlik yo`llari quyidagilardan iborat

  • Ixtiyoriy ravishda chiqib ketishni hohlagan chet el fuqorosi yurtiga qaytayotganida bilet bilan muddatli passportini olib barcha aeroportlardagi immigratsiya idorasiga tashrif buyurib, ixtiyoriy ravishda davlatdan chiqib ketishi to`g`risida xabar bergandan so`ngina samolyotga o`tirib vataniga qaytishi mumkin.
※ Ixtiyoriy ravishda chiqib ketish bo’yicha xabar berish uchun 4 soat oldin aeraportga kelishingiz shart.
Murojaat uchun
  •  Qiziqtirgan savollar uchun xalqaro axborot markazi(☏1345 )ga murojaat qilishingizni so’raymiz.
  • Aeroport immigratsiya idoralari bilan bog’lanish uchun telefonlar:
    • Inchon aeroporti: ☎ 032-740-7391~2
    • Gimpo : ☎ 02-2664-6202
    • Kimxe : ☎ 051-979-1300
    • Incheon : ☎ 032-891-9925, 032-8777-9941
※ Boshqa odamning fuqarolik pasporti bilan kirib kelgan shaxs, shu kabi holatlarni oldini olish va fuqaroning shaxsini aniqlashga vaqt kerakligi sababli bilet muddatidan 3 kun oldin aeroport Immigratsiya idorasiga tashrif buyurishi shart. Avvaldan qo’ng’iroq qilib, keyin tashrif buyurishingizni so`raymiz.